10 Avgust 2024 yil
819
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishi lozim
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida soha xodimlari tomonidan aholiga yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan tanishdi.
Boshqarmaning xodimlari bu yerga kelgan fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishi, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz, insonlarni qulay sharoitlarda o‘zlarining muammo va masalalarini hal qilib, tizimdan roziligini ta’minlashi lozimligini ta’kidlandi.
Shuningdek, xodimlar xizmat intizomiga va qonuniylikka qat’iy amal qilishi shartligi aytildi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi binosi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, sohani takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar berildi.