Mudhish YTH 4 nafar insonni hayotdan olib ketdi
2023-yil 08-iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani “Omonqo‘ton” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121-km.da haydovchi o`zining boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinani “Urgut-Qarshi” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchilari olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Kamaz” rusumli avtomashinasi haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 08-iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati