“Namunali oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati ichki ishlar
organlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi
bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlari oilaviy hayotga
tayyorlash, “Sog'lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish,
zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy axloqiy negizlari va
an’anaviy qadriyatlarini mustahkamlash, oiladagi nizoli holatlar va ajrashishlarning
oldini olish, oilalaming mustahkamligini ta’minlash undagi munosabatlarda
milliylik o‘zaro hurmat va ahloqiy-madaniy sifatlarni, turmush madaniyatini
yuksaltirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish
maqsadida tashkil etilgan tadbirda barcha shahar-tuman IIB va sohaviy
xizmatlaridan jamoalar ishtirok etishdi.
Tanlovning birinchi sharti “Tanishtiruv”
deb nomlanib, ishtirokchi jamoa a’zolari milliy raqs, she’r, qo‘shiq, xalq o‘yinlari
va boshqa ijrochilik mahoratlari orqali sog‘lom, namunali oilaning jihatlari, ularning
erishgan yutuqlarini namoyish etishdi.
Ikkinchi shart “Bu mening
oilam” deb nomlanib, ishtirokchi oilalar 10 ta fotosuratdan iborat elektron oilaviy
albom hamda o‘zlarining jamiyatda tutgan o‘rni, kasbi, sevimli mashg‘uloti, o‘zaro
oilaviy munosabatlari, oiladagi an’ana va qadriyatlarni aks ettiruvchi 3-5 daqiqalik
videorolikni namoyish etishdi. Tanlovning 3-shartida oilalar IIV tomonidan tavsiya
etilgan buyuk mutaffakir va adiblarning qalamiga mansub 39 turdagi adabiyotlarning
mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati bo‘yicha kitobxonlikni sinovdan
o`tkazishdi.
Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra,
3-o‘rinni Nurobod tumani IIBning Tilavovlar oilasi, 2-o‘rinni Bulung‘ur tumani
IIBning Umarovlar oilasi hamda faxrli 1- o‘rinni Tayloq tumani IIBning
Ismoilovlar oilasi qo`lga kiritdi.
G`oliblar
viloyat IIB boshlig`ining tashakkunomasi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.