Narpay tumani bo‘ylab "Xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda
Narpay tumanining bir qator mahallalarida aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi samarali choralar ko‘rish maqsadida "Xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman Ichki ishlar bo‘limi, favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari, mahalla faollari ishtirok etib, mahalla hududidagi xavfsizlik holati, jinoyatchilikning oldini olish choralari, fuqarolarning huquqiy tushunchasini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish kabi muhim masalalar qamrab olindi.
Tadbir davomida ko‘chalarda va jamoat joylarida kuzatuvni kuchaytirish, jinoyatga moyil bo‘lgan shaxslar ustidan nazoratni va fuqarolar o’rtasida hamjihatlikni oshirish, yoshlar orasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish kabi choralar belgilab olindi