3 Noyabr 2023 yil 4440

Narpay tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Narpay tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Rayimberdiyev Alisher Abdurashidovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.Tayinlovga qadar A.Rayimberdiyev Nurobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan B.Rahmatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech