Narpay tumanida voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar jinoyatchiligining oldini olish, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari ishitrokida Narpay tumanida voyaga yetmagan yoshlar va xotin-qizlar jinoyatchiligining oldini olish, hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, qizil toifadagi mahallalarni yashil toifaga o‘tkazish borasidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, buni keltirib chiqaruvchi omillar, mahalla mutasaddilarining loqaydligi, ota-onalarning e’tiborsizligi tanqid qilindi.
Qayd etildiki, tarbiyani kechiktirib bo‘lmaydi. Yoshlar ta’lim-taribsiga keng jamoatchilik birdek mas’ul. Mahalla mas’ullari har bir xonadonga kirib, ularning muammolarini o‘rganishi, do‘stona suhbatda bo‘lib, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashishi, ishlashi istagidagi fuqarolar bandligini ta’minlashi, kasb-hunar o‘rganishga jalb etishi zarurligi ta’kidlanib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar keltirildi.
Profilaktika inspektorlari kunu tun hushyorlik bilan o‘z mahallasida tinchlik, osoyishtalik va aholi xavfsizligini saqlashi, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda mas’uliyat bilan xizmat olib borishi aytildi.
Zero, oilalar tinch bo‘lsa, mahalla tinch, yurt obod bo‘ladi. Yig‘ilish yakunida har bir mahallada jinoyatchilik illat ekanligi borasidagi targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.