9 Mart 2022 yil 7640

Narpay, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Samarqand shahar IIBlariga yangi rahbarlar tayinlandi

9-mart kuni Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov viloyatdagi jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib oʻrtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Tadbir avvalida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan Narpay tuman IIB rahbarligiga tayinlangan podpolkovnik Raxmatov Baxodir Esirgapovich, Samarqand tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Raxmatov Anvarjon Aminovich, Oqdaryo tumani IIB rahbarligiga tayinlangan podpolkovnik Valiyev Abror Xamzayevich hamda Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB rahbarligiga tayinlangan polkovnik Ibragimov Ismatjon Negmatovichlar shaxsiy tarkibga tanishtirilib, shahar-tuman IIBlarining yangi rahbarlari zimmasiga ulkan ishonch, masʼuliyat va vazifalar yuklatilganligini taʼkidlandi.

Narpay tuman IIB rahbarligiga tayinlangan podpolkovnik Raxmatov Baxodir EsirgapovichSamarqand tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Raxmatov Anvarjon AminovichOqdaryo tumani IIB rahbarligiga tayinlangan podpolkovnik Valiyev Abror XamzayevichSamarqand shahar boʻyicha IIO FMB rahbarligiga tayinlangan polkovnik Ibragimov Ismatjon Negmatovich

Shundan soʻng, hududdagi kriminogen vaziyat, xodimlar tomonidan xizmatda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech