10 Fevral 2022 yil 621

Narpay tumanida probatsiya nazoratida turib, ozodlikdan mahrum kilish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolarni oʼtayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Narpay tumanida probatsiya nazoratida turib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolarni oʼtayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan tadbir oʼtkazildi.

Unda tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar hamkorligida yoshlar, xotin-qizlar va jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslarni kasbga yoʼnaltirish, bandligini ta`minlash va ijtimoiy hayotga moslashtirib borish yuzasidan jami 107 nafar fuqarolar ishtirokida umumprofilaktik suhbat boʼlib oʼtdi.

Ochiq muloqot shaklida oʼtkazilgan mazkur tadbirda huquqiy masalalarga ham aʼlohida eʼtibor qaratilib, bir qator muammolar oʼrgaldi. 11 nafar Probatsiya nazoratidagi shaxslarning murojaatlarini hal etish borasida mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriklar berildi.

Tadbirda 8 nafar xotin-qizlar hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar nazoratdagi shaxslarga sovgʼa tariqasida roʼzgʼor buyum anjomlari tarqatildi.

Bundan tashqari, 8 nafar yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga yoʼnaltirish maqsadida maxsus yullanmalar berilib, yana 7 nafar yoshlarning bandligi taьminlandi. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 4 nafar shaxslarga esa tuman Tibbiyot birlashmasida oʼz sogʼligini tiklashga qaratilgan yullanmalar topshirildi. Ushbu fuqarolarning maʼnaviy dunyoqarashini oshirish, qalbida vatanparvarlik tuygʼularini mustahkamlash maqsadida 70 dona turli badiiy kitoblar tarqatildi.

Bu kabi tadbirlarning muntazam ravishda oʼtkazilishi Probatsiya nazoratida turgan shaxslar tomonidan takroriy jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech