1 Sentyabr 2025 yil 141

Narpay tumanida “Bilimlar kuni” tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi

2025-2026-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan navbatdagi "Bilimlar kuni" bayrami munosib oʻtkazish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i, tuman prokurorining tegishli o'rinbosari va boshqa masʼul rahbarlar ishtirok etgan yigʻilishda bilimlar kunida jamoat xavfsizligini ta'minlash va fuqarolar tinchligini asrash, ushbu tadbirni bayramona kayfiyatda o‘tkazish to‘grisida alohida topshiriqlar berildi.

Yo‘riqnomada asosiy e’tibor ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun munosib bayramona muhit yaratish masalasiga qaratildi. 

Shuningdek, tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchi va o‘qituvchilarning harakatida ko‘mak berish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.


Text to speech