14 Avgust 2024 yil 929

Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Tashkil etilayotgan sayyor qabullardan aholi mamnun bo‘lishi kerak. 

Fuqarolarni qiynayotgan masalalar qonun doirasida o‘z yechimini topishi zarur. Viloyat IIBda boshqarma boshlig‘i Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabulida bu alohida qayd etildi. 

Unda Dilnoza Saidova yer-joy nizosi, Niyat Karimov Samarqand shahri Cho‘ponota hududidagi kuzatuv kameralari tasvirlarini olish, Rushana Jamolova ijtimoiy himoya masalasida moddiy yordam ajratish, Jamoliddin Tog‘aev firibgarlik bilan bog‘liq masalada murojaat qildi. Nurobodlik Xadicha aya Otamurodova esa o‘g‘lining ishini yaqin manzilga ko‘chirishda amaliy yordam so‘radi. 

Boshqarma boshlig‘i bildirilgan murojaatlarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni ijobiy hal etishni ta’kidladi. Mas’ullarga fuqarolarning mavjud masalasiga bee’tibor bo‘lmasligi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi keltirildi. 

Yuzma-yuz qabulda bayon qilingan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech