22 Sentyabr 2020 yil 1024

Navbatdagi mobil targ‘ibot harbiy qismda o‘tkazild

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan yo‘l harakati qoidalariga amal qilish yuzasidan navbatdagi mobil targ‘ibot tadbiri tashlkil etildi.

Harbiylarga harakat xavfsizligiga oid ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazilib, har bir harakat ishtirokchisi amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalarni o‘zida aks ettirgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Tadbir so‘ngida mobil targ‘ibot mashinasi yordamida o‘lim bilan bog‘liq mudhish yo‘l transport hodisalarini o‘zida aks ettirgan filmlar tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

YHXB xodimlari tomonidan bu kabi tadbirlar barcha tashkilot va muassasalarda, shuningdek, mahallalarda o‘tkazilishi belgilangan.

Samarqand viloyati IIB YHXB

Text to speech