18 Mart 2024 yil 348

Navro‘z bayrami oldidan xodimlar bilan saf koʻrigi o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB tarkibiy tuzilmalari va sohaviy xizmatlari ishtirokida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida namunali jamoat tartibini saqlash, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish hamda xizmat kiyimlarini kiyib yurish tartib-qoidalariga rioya etilishi yuzasidan saf ko‘rigi o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislar tayyorlash markazida o‘tkazilgan saf ko‘rigi davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida barcha sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berilib, shaxsiy tarkibga bayram kunlari belgilangan tartibda xizmat kiyimini kiyib yurish va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Saf ko‘rigini o‘tkazish davrida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning qoidalarga amal kilishi, xizmat guvohnomalari hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Bundan tashqari, saf ko‘rigiga jalb etilgan shaxsiy tarkib bilan safda turish, yurish va harbiycha salomlashish qoidalari bo‘yicha ham amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Text to speech