9 Sentyabr 2024 yil 88

"Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda”

Insonning ma’naviy kamolotga yetishida uning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni puxta egallashi muhim rol o‘ynaydi. Ichki ishlar organlarida har hafta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat va ma’rifat darslari” sohada xizmat olib borayotgan xodimlarning bilim va salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”ning mavzusi "Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot ilmda” deb  nomlandi. Unda ma’ruza qilgan notiq inson necha yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar bilim olishi, ilm egallashi, kitob mutolaa qilishi zarurligini ta’kidlab, olingan bilim nafaqat xizmat jarayonlarida, balki unga hayoti davomida ham doimo suv va havodek zarurligini qayd etdi. Ma’rifat darsi doirasida sog‘lom turmush tarziga rioya etish, shaxsiy gigienaga amal qilish inson salomatligi kafolati ekanligi to‘g‘risida ham gapirildi.

Shundan so‘ng rahbariyat tomonidan shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi IIVning ko‘rsatma va topshiriqlari, tizimga oid yangiliklar tanishtirildi. Shuningdek, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishlari  borasida zaruriy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Ma’rifat darsi yakunida tegishli buyruqlar bilan lavozimga tayinlanganlar hamda navbatdagi maxsus unvon olganlar shaxsiy tarkibga e’lon qilindi.

Text to speech