"Yangi yil bayrami" munosabati bilan viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning bayram tabrigi
Yangi yil –yangi imkoniyatlar yili
Serquyosh O‘zbekistonimiz, 
jonajon yurtimizda bayramlar 
ko‘p. Bu bayramlarning har 
biri o‘zgacha. Ammo, ularning 
orasida yangi yil alohida 
ahamiyatga ega. U hayotimiz 
davomiyligini belgilaydi, 
yangi reja va maqsadlar sari 
ruhlantiradi. 
Bir yilki o‘zgarishlar, yangilanishlar, 
rivojlanish va olg‘a intilishlar
jadal bordi, imkoniyatlar eshigi 
ochilib, xalq roziligi va manfaati
yo‘lida qilingan ezgu tashabbuslar 
qo‘llab-quvvatlandi. 
Shu kunlarda har bir sohalarda 
qilingan ishlar, erishilgan
yutuqlar sarhisob, kelgusi 
yildagi ustuvor vazifalar belgilab 
olinmoqda.
Kirib kelayotgan yangi yilni 
Prezidentimiz tomonidan “Atrof—
muhitni asrash va “yashil” 
iqtisodiyot yili” deb nomlanishi 
barcha yurtdoshlarimizni 
to‘lqinlantirib yubordi. Zero, 
yurtimizda yashil maydonlarni 
ko‘paytirish, ekologiya va 
tabiatni muhofaza qilish inson 
salomatligi va sog‘lom 
turmush garovidir.
Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni Samarqand viloyat 
IIB jamoasi nomidan samimiy 
tabriklayman. Yangi 2025-yil baxt, 
omad va zafarlar yili bo‘lsin. 
Yurtni tinchlik, xotirjamlik, 
ko‘ngillarni mehr-muhabbat tark etmasin.
Rahmat Mamatov
Samarqand viloyati Ichki ishlar 
boshqarmasi boshlig‘i