"Yangi yil" bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasi tekshirildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov "Yangi yil" bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasini tekshirdi.
Boshqarma boshlig‘i Pastdarg`om tumani Juma shahrida ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarini ko‘zdan kechirib, u yerlarga o‘rnatilgan "Yangi yil archasi" atrofida ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida, tadbirlar o‘tkazish davrida yurtdoshlarimiz tinchligi, hudud osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, har qanday ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda zudlikda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, "Yangi yil" bayrami kechasi xavfsizlik choralarini kuchaytirish va transport vositalarining tirbandligini oldini olish yuzasidan masʼullarga bir qator vazifalar yuklatildi.