30 Dekabr 2023 yil 1578

YANGI YIL OSTONASIDAGI IZHORLAR

Yangi orzular, yangi rejalar va yangi umidlar bilan 2024-yilga qadam qo‘ymoqdamiz. Osmoni musaffo, zamini serhosil, turmushi farovon yurtimizda bayramlar ko‘p. Bu bayramlarning har biri o‘zgacha. Ammo, ularning orasida yangi yil alohida ahamiyatga ega. U  hayot davomiyligini belgilaydi, dillarga yangi orzu-umidlar va quvonch bag‘ishlaydi. Bu bayram avvalo sarhisob bayrami. Umrning har bir sahifalari hayot zarvaraqlariga muhrlanib borar ekan, yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi, yangi yil uchun rejalar tuziladi.

Yangi yil eshik qoqar ekan, uni a’lo kayfiyat ila, xushchaqchaqlik bilan kutib olish lozim. Zero, yilni qanday qarshi olsangiz har bir kuningiz ana shunday o‘tadi, deyishadi.  2024-yil  ulkan baxt,  omad,  unutilmas kunlarni olib kelsin. Yangi yilda barchaga quvonch, shodlik, va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin.

Rahmat Mamatov

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Text to speech