12 Dekabr 2023 yil 312

Noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulanib, davlat va jamiyat manfaatiga 2 mlrd. 237 mln. so‘m zarar yetkazgan shaxs aniqlandi

Bugungi kunda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sovuq kunlarda aholini uzluksiz elektr energiya va gaz bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyatida ham bu borada maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib 24 soat davomida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. 

Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan joriy yil 12-dekabr kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Kiberxavfsizlik bo`limi, DXX viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Departamentning viloyat boshqarmasi va “O`ZENERGOINSPEKSIYA” viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1990-yilda tug‘ilgan X.A. Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasida joylashgan noturar bino yerto‘lasida elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda 25 dona mayning uskunasini o‘rnatib, noqonuniy ravishda davlat va jamiyat manfaatiga 2 mlrd. 237 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi noqonuniy faoliyatlarga chek qo`yish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech