16 Yanvar 2023 yil 730

Noqonuniy ravishda yer sotilishini oldi olindi

2023-yil 06-yanvar kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda issiqxona qurib tadbirkorlik qilish maqsadida yer maydoni izlab yurgan vaqtida, Jomboy tumani Jurriyat mahallasida yashovchi oʻzini fermer xoʻjalik rahbari deb tanishtirgan “Q.V.” ismli shaxs bilan tanishib qolganligini, “Q.V.” uning ishonchiga kirib, tumanning Haqiqat massivi hududida joylashgan fermer xoʻjaligining 0.23 gektar yer maydonini 30 000 AQSH dollariga sotishini va sohtalashtirish orqali uning nomiga ajratilganligi toʻgʻrisida hujjat tayyorlab berishini, keyinchalik tuman Kadastr boʻlimida ishlovchi tanishi orqali kadastr hujjatlarini ham rasmiylashtirishda yordam berishini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida, Jomboy tumanida joylashgan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Q.V.” ariza muallifidan 5000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech