2 May 2024 yil 1177

Nurobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan

2024-yil 08-aprel kuni Nurobod tumani “Sarikul” mahallasi hududidan o‘tgan “Sarikul-Nurobod” yo‘nalishda fuqaro B.Sh. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib borishishi davomida avtomashina tezligi yuqoriligi sababli yo‘lning xavfli burilish joyida avtomashina rul boshqaruvini yo‘qotib ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Natijada avtomashina 2 nafar yo‘lovchilari olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech