27 May 2025 yil 740

Nurobod va Pastdarg‘om tumani IIBlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nurobod va Pastdarg‘om tumani IIBlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ularning ota-onalari bilan viloyat IIB MMI va KBTX, IIV ShXBB Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari, viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchisi hamda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi ishtirokida samimiy uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – jamoadagi o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini mustahkamlash, ota-onalarni IIB tizimi faoliyati va farzandlarining mehnat jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida rahbariyat va xodimlar orasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ota-onalarga tashkilotning umumiy faoliyati, kelgusidagi rejalar va xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ota-onalar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur uchrashuvda ota-onalarga, farzandlari tomonidan xizmat vakolatlarini suiist’mol qilmasliklari, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlarini doimiy raviishda tushuntirishlari tavsiya etildi hamda xizmatdan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan xodimlar hayotiga asoslangan holda tasvirga olingan “O‘zim aybdor” nomli film nomoyish etildi.

Uchrashuv so‘ngida o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan jonkuyar xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Mazkur uchrashuv samimiy va iliq muhitda o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.


Text to speech