26 Sentyabr 2024 yil 874

Nurobodda sayyor qabul o‘tkazildi

Nurobod tumani Ulus mahallasida viloyat Xalq qabulxonasi, viloyat sudi, viloyat prokuraturasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Soliq boshqarmasi rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

"Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir" shior ostida o‘tkazilgan qabulda viloyat tashkilotlari vakillari boshchiligidagi sektor rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Yuzma-yuz qabul davomida har bir murojaatchining masalalari tinglanib, bir qator masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, ijrosi o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech