17 Aprel 2023 yil 440

Nuroboddagi kriminogen vaziyat muhokama qilindi

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Nurobod tumanidagi jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar, xodimlar oʻrtasidagi xizmat intizomi va qonunchilik masalalari, shuningdek, viloyat IIB ning inspektorlik tekshiruvi yakunlariga bagʻishlangan tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Muhokamada tumanda ayrim turdagi jinoyatlar oshganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish yakuniga koʻra kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa, bir guruh xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllanilib, tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xodimbay ishlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Text to speech