24 Noyabr 2023 yil 3375

Obod yurtda baxtiyor odamlar yashaydi

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilish, xalq dardi bilan yashash, odamlarning og‘irini yengil qilish kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgan. Bugun Yangi O‘zbekistonda har bir fuqaro baxtli  yashashi kerak. Uning turmush tarzida mavjud kamchiliklar, qiynayotgan muammolar mutasaddi rahbarlar tomonidan ijobiy hal etilishi lozim.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov va viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarov Paxtachi tumanida aholi roziligi yo‘lida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, obodlikka yuz tutishi borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Odamlarning munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, salomatligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, hududlar obodligini ta’minlash, asosiysi yurtdoshlarimizning hayotidan roziligi hamda jamiyat va yurt ravnaqiga daxldorligini oshirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlanib, bu borada qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar qayd etildi.

Aytish joizki, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar samarasini bugun paxtachiliklar o‘z turmush-tarzida his qilishmoqda. Bunyodkorlik va obodonchilik ishlari qizg‘in. Har sohada o‘zgarishlar. Bundan odamlarning ruhiyati tetik, kayfiyati ko‘tarinki.

 

Text to speech