8 Iyun 2024 yil 1635

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmi boʼyicha amalga oshirilgan ishlarni oʼrganish natijasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmi boʼyicha amalga oshirilgan ishlarni oʼrganish natijasi yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi.

Unda joriy yilning 5 oyida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda ijtimoiy profilaktika borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosining ahvoli va yoʼl qoʼyilayotgan kamchiliklar muhokama etildi.

2023-yil 30-martdagi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmi toʼgʼrisida soʼz bordi.

Mazkur qoʼshma qarorda asosan 14 toifadagi ijtimoiy profilaktika obʼektlari aniq koʼrsatilib, mahalla vakillarining har biri qaysi toifa bilan ishlashi lozimligi hamda xizmat vazifalari belgilab berilgan. 

Hozirda Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Mahalla yettiligi”ning faoliyatini onlayn monitoring qilish, ish samaradorligini oshirish maqsadida “E-Ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimi ishlab chiqilib, 2024-yilning 1-yanvar kunidan toʼliq ishga tushirilgan.

Yigʼilish davomida 2024-yil 5 oyida profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʼlgan 27 043 nafar shaxslar aniqlanib, mahalla faollariga xulosalar berilganligi taʼkidlandi.

Text to speech