26 Noyabr 2022 yil 816

Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Avval habar berganimizdek 26-noyabr kuni Samarqandda Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati ishtirokida uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

Samarqand turizm markazida oʻtkazilgan navbatdagi uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Shuxrat Sobirov hamda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Alamshozoda Abdurahmon tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, hamkorlikdagi tezkor-profilaktik tadbirlarni olib borish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, giyohvandlik, terrorizm va ekstremizm, odam savdosi jinoyatlarini oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv soʻngida bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi muhim hujjatlar imzolandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech