10 Iyun 2025 yil 182

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, patronatga berilgan, shuningdek, vasiylik va homiylikka olingan yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Ichki ishlar vazirligi Samarqand Akademik litseyi hamda viloyat IIB faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bolalarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, huquqiy bilimlar, ichki ishlar tizimidagi kasblar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tadbir yoshlarda kasbga qiziqishni shakllantirish, ularning kelajakdagi to‘g‘ri yo‘lni tanlashlariga ko‘maklashish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi.


Text to speech