Odam savdosining oldi olindi
Samarqand viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Samarqand xalqaro aeroportida odam savdosi jinoyatining oldi olindi.
29 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Ishtixon tumanida yashovchi 35-40 yoshlardagi ayol oʻzining jinoiy sherigi bilan moddiy manfaat evaziga fohishalik bilan shugʻullanishi uchun BAAning Dubay shahriga yuborayotganligini maʼlum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur arizaga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda ushbu ayol 29 yoshli juvondan 5.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida aeroport chegara hududida ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samaraqand viloyati IIB Axborot xizmati