30 Dekabr 2023 yil 1720

Oqdaryo tumanida "Yangi yil" bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasi o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov hamda viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarovlar "Yangi yil" bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik darajasi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bugun sektor rahbarlari Oqdaryo tumanida bo‘lishdi.

Loyish shaharchasidagi markaziy hiyoboniga o‘rnatilgan “Yangi yil” archasi atrofida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganishdi.

Tadbirlarga jalb qilingan xodimlar bilan xizmatni amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan, hushyor va sergak holda o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi.

 

Text to speech