12 Aprel 2025 yil
654
Oqdaryo tumanidagi 24-o‘rta ta’lim maktabida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi
“Ma’naviyat oyligi” doirasida Samarqand viloyati IIB hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati kengashi mas’ul xodimlari tashabbusi bilan Oqdaryo tumanidagi 24-o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
O‘yin munozaralarga boy tarzda o‘tkazilgan o‘yinning yakuniy natijalariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni "Navnihol" jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Zukkolar” jamoasi va faxrli birinchi o‘rinni “Marvarid” jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.