4 Iyul 2024 yil 813

OGOH BO‘LING!

Keyingi vaqtlarda internet firibgarlari chuv tushirishning yangidan yangi yo‘llari va usullarini o‘ylab topmoqda.

Shu bois iyul oyi viloyatda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi deb e'lon qilindi.

Mazkur oylik doirasida Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida tashkilot rahbarlari, mahallalar yettiliklari ishtirokida tadbir tashkil etildi. 

Tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, Ichki ichlar vazirligi mas'ullari, sektor rahbarlari va bir guruh soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda hozirgi davrning dolzarb muammolaridan bo‘lgan ayni masalani jamoatchilikka, mahalla fuqarolariga yetkazish haqida so‘z bordi.

Shuningdek, internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi bu kabi targ‘ibot tadbirlarini tuman bo‘ylab “Mahallabay” va “Xonadonbay”, ta’lim dargohlari hamda barcha hududlarda o‘tkazish haqida so‘z bordi.

Text to speech