21 Mart 2024 yil 489

Olam nurga to‘lsin, sen bilan Navro‘z!

Olam nurga to‘lsin, sen bilan Navro‘z!

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami.

Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona!

Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram.

Aziz yurtdoshlar, sizlarni viloyat IIB jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otadigan haqiqiy sharqona bayram bo‘lib qolaveradi.

Bayram shukuhidan ko‘ngillarga ezgu maqsad yo‘lida yangicha quch-g‘ayrat jo bo‘ldi. Zero, tabiatdagi yangilanishlar odamlar diliga ham ko‘chgani kabi har bir yurtdoshimizning jismida shijoat balqib turibdi. Bu esa o‘z-o‘zidan ularni yangidan-yangi marralar sari undashi tabiiy. Navro‘z dasturxonlarimizga to‘kinlik, yurtimizga ezguliklarni olib kelsin. 

Rahmat Mamatov, viloyat IIB boshlig‘i

Text to speech