12 Iyul 2025 yil 416

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan joylarda yaratilgan shart-sharoitlar va xavfsizlik masalalari o‘rganildi

Joriy yilning 14-iyul kunidan yurtimizda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Test sinovlarini adolatli va xavfsiz o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, sinovlar bo‘lib o‘tadigan binolarning texnik holati, xavfsizlik tizimi va umumiy tayyorgarligi mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov joriy yilgi qabul jarayonlari oldidan shahardagi test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binolarda bo‘ldi. Bu yerdagi kirish-chiqish joylari, kuzatuv kameralari, yong‘in xavfsizligi tizimlari, evakuatsiya yo‘nalishlari va tibbiy xizmatning tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida joydashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyat bo‘limi binosidagi sharoitlar ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Sinov kuni jamoat tartibini ta’minlash, yordam ko‘rsatish va tezkor choralar ko‘rish uchun mas’ul xizmatlarning navbatchiligi tashkil etilmoqda.

Test sinovlari paytida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, abiturientlar uchun munosib sharoit yaratish  asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois, tayyorgarlik ishlari qat’iy nazorat va hamkorlikda olib borilmoqda.


Text to speech