13 Noyabr 2023 yil 3429

“Oltiqahramon” o‘zgarishlar ostonasida

Kuzning issiq-iliq kunlari g‘animat. Undan unumli foydalanish, hududlarni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 

Past Darg‘om tumani “Oltiqahramon” mahallasida Prezidentimizning “obod xonadon”, “obod ko‘cha”, “obod mahalla” mezonlari asosida amaliy ishlar jadal suratlarda olib borilmoqda. 

Viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov mazkur mahallada bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.

Tanishish asnosida, mahalla obodligi, odamlarning farovon turmush kechirishini ta’minlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Oltiqahramonliklar bugunidan mamnun.

Chunki, mahallada yo‘llar yaxshilanmoqda, qabristonlar obod bo‘lib, qarovsiz yerlar gulu-gulzorga aylantirilayapti.  

Kommunal sohadagi muammolar bartaraf qilindi. Hovli-joylar tartibga keltirilib, tomorqalarga to‘qsonbosti ekinlar ekilmoqda. Yashil maydonlarni ko‘paytirish maqsadida hududga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Bu ezgu sa’y-harakatlar mahalla ahli ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib, kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda.

Text to speech