27 Iyun 2024 yil 40

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI - HAQ SO‘Z TARG‘IBOTCHILARI

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jonkuyar va fidoyi kasb egalari haqiqat va adolat yo‘lida aholiga tezkor,  to‘liq axborot yetkazish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda samarali faoliyat olib borishmoqda desam, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Bugun axborot olami va media makonining imkoniyatlari keng. Yaratuvchanlik, bunyodkorlik  va farovon turmush tarzimiz, olamshumul o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilishda, davlat boshqaruvi va xalq o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlashda  matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining hissasi beqiyos.

Mahmudxo‘ja Behbudiy  “Muallim va muharrir – millatning ikki ko‘zidir”, degan edi. Ijod ahli ham muallimlar kabi xalqqa ilm-ma’rifat, ma’naviyat, ziyo ulashish kabi ezguliklarni targ‘ib qilishni asosiy maqsad deb bilishadi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining «zamon bilan hamnafas, xalq bilan birga» tamoyiliga muvofiq, voqea-hodisalarni, jarayonlarni xolislik, tezkorlik va shaffoflik ila  keng ommaga yetkazishlari e’tiroflidir.

Qadrli, ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

O‘tkir qalamingiz, xalqchil so‘zingiz, sinchkov nigohingiz ila jamiyat ravnaqi yo‘lida adolat va haqiqatni yozishdan charchamang.


Rahmat Mamatov

Viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik

Text to speech