“Qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat tayanchi”
Samarqand viloyati IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “Qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat tayanchi”, “Sog‘lom turmush tarzi” mavzularida o‘tkazildi. Unda malakali mutaxassislar tomonidan xodimlarga ushbu mavzular doirasida keng va batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, dars davomida Qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangi qabul qilingan normativ hujjatlar haqidagi yangiliklar Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining yuridik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan shaxsiy tarkibga yetkazildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsida faxriylar ham ishtirok etib, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishi, xizmat davomida to‘g‘ri va halol ishlashi yuzasidan o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi so‘ngida viloyat IIB rahbariyati tomonidan shaxsiy tarkibga e’lon va yangiliklar yetkazildi.