11 Sentyabr 2024 yil 62

QONUN USTUVORLIGI YO‘LIDA

Samarqand viloyati Jomboy tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tergovchisi kapitan Oybek Jamolov ana shu qoidaga amal qilgan holda xizmat olib bormoqda.


O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish bugun har bir ichki ishlar organi xodimi zimmasida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Ayniqsa tergov organlarida xizmat olib borish tergovchidan yetarlicha bilim va yaxshigina tajriba talab etadi.


Kapitan Oybek Jamolov har bir ishni o‘rganayotgan vaqtda avvalo uning qonuniyligiga, qolaversa ishning tub zamirida insonlar taqdiri yotganligini ham bir zum yoddan chiqarmaydi. 


2017-yildan buyon tergov-surishtiruv tizimida xizmat qilib kelayotgan Oybek Jamolov muqaddam Bulung‘ur tumanida ham samarali ish olib bordi. 


Ayni damda Kapitan Oybek Jamolov Jomboy tumanida qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatlarning issiq izidan ochish, asosiysi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z xizmat vazifasini davom ettirmoqda.

Text to speech