24 Oktyabr 2025 yil
240
Bayramga munosib tuhfa. Oqdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limining yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi
25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan foydalanishga topshirilgan mazkur binoning tantanali ochilish marosimida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripov, tuman hokimi, keng jamoatchilik vakillari, soha xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Boshqarma boshlig‘i davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar sohasiga qaratilayotgan e’tibor hamda uning ravnaqi yo‘lida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida xodimlarga xizmatda foydalanish uchun kompyuter jamlanmalari va boshqa texnik jihozlar, shuningdek, avtobus hamda “Damas” avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi.