“Otam, onam va men-sportchilar oilasi” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabr kunidagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni, Ichki ishlar vazirining 2024-yil 05-oktabr kunidagi va viloyat IIB boshlig‘ining 2025-yil 05-iyun kunidagi buyruqlariga asosan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, xodimlar farzanlarini yozgi ta’tillarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Otam, onam va men-sportchilar oilasi” shiori ostida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada xodimlar, ularning turmush o‘rtoqlari va bir nafardan farzandlari ishtirok etishib, 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi.
Ushbu shartlarda xodimlar oila a’zolarining barchasi estafeta shartlarida ishtirok etishdi.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqada 3-o‘rinni Bulung‘ur tumani Ichki ishlar bo‘limi 1-sonli mahalla huquq-tartibot maskani Post-patrul xizmati inspektori safdor Aralov Anvar Hamroqulovich oilasi, 2-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi inspektori kapitan Qarshiev Umar Abdimurotovich oilasi, faxrli 1-o‘rinni Nurobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori kapitan Qo‘chqorov Jamshid Davronovich oilasi qo‘lga kiritdi.