1 Iyun 2023 yil 675

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʼlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi tomonidan Davlat rahbarining hududlarda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga oid topshiriqlarining amaliy ijrosi Samarqand viloyatida amalga oshirilmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʼlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi tomonidan Davlat rahbarining hududlarda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga oid topshiriqlarining amaliy ijrosi Samarqand viloyatida amalga oshirilmoqda.

Jarayonda Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, Аdliya vazirligi, Soliq qoʼmitasi, Bosh prokuratura va uning tuzilmalari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sektor boshliqlari hamda boshqa bir qator mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etmoqdalar.

Jomboy tumani “Samarqand” mahallasida faoliyat yurituvchi “BAHT SAMARQAND TEKS” maʼsuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, Samarqand mahallasining beshligi bilan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan suhbatlashdi.

Vazir tuman ichki ishlar boʼlimida ham boʼlib, bu yerdagi sharoitlarni oʼrgandi.

Oʼrganishlar Samarqand shahridagi Qorasuv massiviga koʼchdi. Hududda  joylashgan 93-sonli koʼp qavatli uyda xavfsizlikni taʼminlashning yangi tizimini joriy etish yuzasidan taqdimotlar eshitildi. Unda barcha videokuzatuv kameralari orqali huquqbuzarliklar aniqlanishi koʼzda tutilgan.

Ishchi guruhi viloyat IIB YHXBga qarashli ekspluatattsiya va montaj boʼlimi faoliyati bilan ham tanishib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etildi.

Idoralararo respublika ishchi guruhning oʼrganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech