Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi 2022-2023 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni oʻqishga taklif etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini nazarda tutgan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, intellektual rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi 2022-2023 oʻquv yili uchun oʻquvchilarni oʻqishga taklif etadi.
Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyiga oʻqishga kirish istagini bildirgan Samarqand viloyati hududida yashovchi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun arizalar 2022-yil 01-fevral kunidan 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Akademik litseyga qabul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1. Dastlabki tanlov (yakka tartibdagi dastlabki suxbat, individual psixologik xususiyatlarini oʻrganish, harbiy tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtish);
2. Maxsus-professional tanlov (yozma ish (diktant), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov, yakka tartibdagi yakuniy suhbat);
3. Test sinovi;
- Akademik litseyda oʻqish muddati 2 yil;
- Taʼlim yoʻnalishi: Ijtimoiy –gumanitar fanlar-4;
Oʻqishga kirish istagini bildirgan oʻquvchilar (nomzodlar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1. Ariza (Belgilangan shaklda)
2. Tugʻilganlik haqida guvohnoma (asli va nusxasi) (dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ism, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa bu haqda FHDYO organlarining maʼlumotnomasi).
3. Yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganligi haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasi(asli va nusxalari).
4. 3x4 sm oʻlchamdagi 6 dona fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 sm oʻlchamdagi 2 dona fotosurat (bosh kiyimsiz)
5. Tarjimayi hol.
6. Soʻrovnoma (Belgilangan shakldagi)
7. Oʻqish joyi va mahalla fuqarolar yigʻinidan tavsifnoma.
8. Mudofaa ishlari boʻlimlarida roʻyxatda turishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning asli va nusxasi.
9. Fanlarni oʻzlashtirishi toʻgʻrisida oʻqish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
10. Ota-onasining Ichki ishlar vazirligining akademik litseyiga oʻqishga kirishiga rozilik xati (Belgilangan shaklda).
Manzilimiz: Samarqand shahri Maroqand koʻchasi 46-uy.
(Moʻljal 9-, 13-, 16-, 20-, 24-, 31-, 58- shahar avtobuslarning hamda 434-son mashrutkalarning “DEU” bekati )
Ichki ishlar vazirligining
Samarqand akademik litseyi qabul komissiyasi