27 Mart 2025 yil
592
Paxtachi tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Paxtachi tuman prokurori, tuman hokimligi va tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvdan so‘ng, nazorat ostidagi shaxslarning bandligini ta’minlash va boshqa turdagi ko‘mak berilishi maqsadida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga borilib, ishlab chiqarish jarayoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishtirildi.