Paxtachi tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Paxtachi tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Xalimov Ulug'bek Anvarovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.
Tayinlovga qadar U.Xalimov viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmatida faoliyat yuritgan.
Paxtachi tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan M.Axmedov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati