28 Mart 2025 yil 444

Paxtachi tumani mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda

Tuman prokurori va tuman IIB boshlig‘i tomonidan Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosini ta’minlash borasida tumandagi “Mirkan” va “Fay” mahallalarida kriminogen vaziyat ahvoli o‘rganildi.

Mahallalarni to‘liq videokuzatuv bilan qamrab olish, probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy muammolarini o‘rganish va hal etish, “mahalla yettiligi” tomonidan “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida faoliyatni yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.


Text to speech