Paxtachi tumanida sodir etilgan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi
Paxtachi tumanining Mojar mahallasida jahl-g‘azab tufayli bir oila boshiga musibat tushdi. Voyaga yetmagan yoshlar jahlga berilib bu o‘zaro janjalga aylanib ketadi. Natijada esa bir inson umri xazonga aylandi.
Bu ayanchli voqelik yuzasidan tumanning Toma mahallasidagi 1-umumta’lim maktabida tuman hokimligi, jamoatchilik vakillari va mahalla mutasaddilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirok etib, ro‘y bergan jinoyatni keltirib chiqargan sabablar, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish borasida so‘z yuritdi.
Muhokamada mahalla yettiligi faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi aytilib, endilikda ishni hamkorlikda to‘g‘ri tashkil etishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Mahalla faollari, jamoatchilik vakillarining fikr-mulohazalari eshitilib, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolarga barham berishda qilinadigan ishlar belgilab olindi