28 May 2022 yil 377

Paxtachida IIB xodimlarining tashabbusi bilan “razborka” ning oldi olindi

IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotga asosan, Paxtachi tumani “Qoraqoʼton” maʼdanli maydonida hudud talashib, koʼcha tili bilan aytganda “razbor” oʼtkazilishi aniqlangan.

Maʼlumotga asosan, Samarqand viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʼlimi xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Paxtachi tumani “Qoraqoʼton” maʼdanli maydonida tarkibida oltin moddasi boʼlgan toshlarni talon-toroj qilish bilan shugʼullanuvchi 2 guruh oʼrtasidagi mazkur janjalning oldi olindi.

Tezkor tadbir davomida 16 nafar shaxs qoʼlga olinib, ularga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu yoʼnalishdagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech