22 Sentyabr 2020 yil 1664

Paxtachida qo‘y va echkilar o‘g‘risi ushlandi

Paxtachida qo‘y va echkilar o‘g‘risi ushlandi

2020 yil 21 sentyabr kuni Paxtachi tumanida yashovchi, 1985 y.t. Yu. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 05 sentyabr kuni soat 13.00 larda Paxtachi tumani Qaynarbuloq MFY hududida joylashgan qo‘yxonasiga nomaʼlum shaxslar devor oshish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bozor narxi 6.500.000 so‘mlik jami 3 bosh qo‘y va 4 bosh echkilarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Paxtachi tumani Qaynarbuloq MFYda yashovchi, 1999 y.t. J.B. sodir qilganligi aniqlanib, undan jami 2 bosh echkilar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

 

Text to speech