5 Sentyabr 2023 yil 886

Payariq tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Payariq tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Surach Sharipovni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.Tayinlovga qadar S.Sharipov Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

Avvalroq xabar berganimizdek, tuman IIBning oldingi rahbari podpolkovnik Oybek Xo‘jamov Toyloq tumani IIBga rahbar etib tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech