Payariq tumani IIBning 2-sonli Ichki ishlar bo‘linmasi yangi binosi foydalanishga topshirildi
Mazkur inshootning foydalanishga topshirilishida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov, tuman hokimi, keng jamoatchilik vakillari, soha xodimlari va faxriylar ishtirok etdi. Tadbir doirasida boshqarma boshlig‘i davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar sohasiga qaratilayotgan e’tibor va uning ravnaqi yo‘lida bosqichma- bosqich amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Yurtdoshlarimiz xotirjamligi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi mazkur bino zamonaviy va barcha talablarga javob bera oladigan tarzda bunyod etilgani alohida ta’kidlandi.
Ochilish marosimi tadbirlari davomida Samarqand viloyati IIB rahbariyati tomonidan ushbu bo‘linmada xizmat olib borayotgan xodimlar bilan hudud osoyishtaligi, ishlarni yangicha tashkil etish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Binodagi yaratilgan sharoit va imkoniyatlar “Inson manfaatlari har narsadan ulug‘” tamoyilining amaldagi ifodasi deyish mumkin.
Aytish joizki, mazkur bino xalqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylanishi shubhasiz.