Payariqda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda pirotexnika sotayotgan ayollar ushlandi
Joriy yilning 03-dekabr kuni Samarqand viloyati IIB TQKB, DXX hamda Departament xodimlari hamkorligida Payariq tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Chelak shahar “Gʻoyib ota” mahallasida yashovchi 1984-yilda tugʻilgan fuqaro Yu.D. yashash xonadonida 126500 dona “Treniya”, 8000 dona “BRITANIK”, 17 dona “7Shots”, 10 dona “3D” va 288 dona “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalarini, 50.994.000 (ellik million toʻqqiz yuz toʻqson toʻrt ming) soʻmga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimiga topshirildi.
Bundan tashqari, shu kuni oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda, Payariq tumani Chelak shaharchasi Navroʻz koʻchasida yashovchi, 1977-yilda tugʻilgan Q.U.
oʻzining savdo doʻkonida 1100 dona “Novыy vek”, 2 dona “ZOLOTOY PESOK”, 2 dona “VOLK” nomli jami bahosi 1.500.000 (bir million besh yuz ming) soʻm qiymatdagi pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan ham tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati