16 Mart 2023 yil 884

Pastdargʻom tumani Oq oltin MFYda yashovchi fuqaro Mavjuda Usmonovaning murojaati joyiga chiqib oʻrganildi

Pastdargʻom tumanining Oq oltin MFYda yashovchi Mavjuda Usmonova boshqarma boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatovning qabuliga kelib, “Oqoltin” mahallasida joylashgan uy-joyiga egalik huquqini belgilovchi Pastargʻom tuman hokimining 2012-yildagi qarorini taqdim qilib, ushbu qaror asosida uy-joyni turmush oʻrtogʻi A.Xatamovning nomiga rasmiylashtirishda amaliy yordam soʻragan.

Qiziq tomoni ovsinining turmush oʻrtogʻi nomida xuddi shu uy-joyga egalik huquqini belgilovchi 2014-yilda yilda chiqarilgan 131-sonli qaror mavjud.

Holatga aniqlik kiritish hamda kimning qarori haqiqiy kimniki soxtaligini aniqlash, ushbu holatlarda jinoyat alomatlari bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha M.Usmonova tomonidan taqdim qilingan hujjat yaʼni Pastdargʻom tuman hokimining 2012-yildagi qarori fuqaro A.Xatamovning nomiga rasmiylashtirish soʻralgan yer maydoni va uy-joyga nisbatan egalik huquqini belgilovchi qaror emas, balki tumanning “Mulla-mirza” mahallasi hududidan boshqa bir fuqaroga “Maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi, ommaviy tadbirlar va marosimlar oʻtkazish majmuasi” qurilishi uchun 10 sotih yer maydoni ajratib berilganligi haqidagi qaror boʻlganligi, M.Usmonova tomonidan taqdim etilgan qaror esa mavjud emasligi, biron-bir tashkilotlardan roʻyxatdan oʻtmaganligi, ushbu yer maydoni tuman hokimining 2014-yildagi 35-Q sonli va 2014-yildagi 131-Q sonli qarorlariga asosan tumanning “Oq-oltin” mahallasida yashovchi Usmonovaning ovsini Qosimxonovaning turmush oʻrtogʻi Xatamovning nomiga egalik huquqi belgilangan boʻlganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaro M.Usmonova va boshqalarga nisbatan JKning 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qarorni haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash maqsadida 03.02.2023-yilda sudga oid texnik-kriminalistika va sudga oid xaxatshunoslik ekspertizasi tayinlangan va qaror qalbaki ekanligi maʼlum boʻlgan.

Jinoyat ishi boʻyicha Pastdargʻom tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, Pastdargʻom tumani xokimining 2012-yildagi 1193-Q sonli qarorini qalbakilashtirgan shaxsning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 228-moddasida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari bor boʻlsa-da, uni javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi sababli jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtganligi sababli tugatilib, fuqaro M.Usmonovaga uy joy va yer maydoniga egalik xuquqini tiklash boʻyicha amaldagi qonun talablariga asosan fuqarolik sudiga murojaat qilishi tushuntirildi.

Ushbu fuqaro kecha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Samarqand shahar Choʻponota mahallasida aholi bilan oʻtkazgan sayyor qabulida ham kelib, xuddi oʻsha masala yuzasidan takroriy murojaat qilib kelib, ushbu uy-joy unga tegishli ekanligini aytdi.

Boshqarma boshligʻi masalani joyiga borib oʻrganish yuzasidan masʼullarga topshiriq berdi.

Viloyat IIB masʼullari, tuman hokimligi, mahalla raisi, kadarst boʻlimi va boshqa masʼullar nizoli xonadonda boʻlib barchasiga oydinlik kiritishdi.

Ovsini va qaynakasi ham uyni ularga rasmiylashtirib berishga qarshi emas, faqat ayni damda Rossiya federatsiyasida boʻlgan murojaatchining turmush oʻrtogʻi kelsa uning nomiga oʻtkazishlarini bildirishdi.

Murojaatchining turmush oʻrtogʻi bilan masofaviy suxbatlashilganda u shu yilning sentyabr oyida kelishiini aytdi.

Fuqaro Mavjuda Usmonova qarordan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati boʻyicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi TB rahbarlari va maʼsullari voqea joyini toʻliq oʻrganib chiqib, murojaatchiga uy joy va yer maydoniga egalik xuquqini tiklash boʻyicha amaldagi qonun talablariga asosan fuqarolik sudiga murojaat qilishi tushuntirib berildi.

Nima boʻlganda ham bir quloch yer sabab ovsinlar oʻrtasidagi nizo aka-uka va qarindoshlar orasiga adovat solmasin.

IIB Axborot xizmati

Text to speech